Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Mualliflar

Sa’dullaeva Yayra Ubaydullaevna

Tugildi:

18 sentyabr 1934 yil

 

Sa’dullaeva Yayra Ubaydullaevna, 1934 yil 18 sentyabrda Toshkent shahrining Sebzor dahasida tavallud topgan.
Avval, Narimonov nomli 15-maktabni, so‘ng Ulug‘bek nomli 16-maktabda o‘qigan. Uni kumush medal bilan tamomlagach, O‘rta Osiyo Davlat Universiteti (hozirgi Milliy Universitet)ning filologiya fakulteti, jurnalistika bo‘limiga o‘qishga kirgan.
1958 yilda oliygohni tamomlagach, Respublika yoshlar gazetasi (“Yosh leninchi” hozirgi “Turkiston”)da adabiy xodim, 1960-1963 yillarda muharrir o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 1964-1971 yillarda “Gulxan” jurnaliga, 1971-1996 yillarda “G‘uncha” kichkintoylar jurnali bosh muharriri bo‘lib ishlagan.
Yayra Sa’dullaeva bor mehrini kichkintoylarga qaratdi, ular uchun ijod qildi. Bolalarni jondan sevuvchi jamoani boshqardi, bolalar uchun hikoyalar, jajji qissalar yozdi. Ahloq-odobga oid risolalar, hajviyalar e’lon qildi.
Uning “Hayotning bir varog‘i”, “Ona ko‘ngli”, “Kelinchak”, “Tom boshida tog‘ora” kitoblari Yoshlar tashkiloti mukofotga loyiq topilgan. 1979 yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoni bilan, 1994 yili mustaqil Vatanimizning ilk ordeni II-darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlangan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi.
Uning yashash shiori xamon yoshligidagidek: “Tutab o‘tgan umrni umr demayman. Yashasin hayot alangasi!”
Chop etilgan kitoblari: Hayotning bir varog‘i – 1967 yil, Ko‘zlari xumor – 1968 yil, Ona ko‘ngli – 1972 yil, Kelinchak – 1974 yil, Ayol qadri – 1975 yil, Tom boshida tog‘ora – 1975 yil, Yaltiroq xalqacha – 1975 yil, Qog‘oz qush – 1979 yil, Baxtli bo‘ling – 1980 yil, Zolotoe kolso – 1982 yil, Inson qadri – 1983 yil, Oltin baxtim – 1984 yil, Bekinmochoq – 1987 yil, Chip-chipjon – 2004 yil, Katta xovli – 2005 yil, Tanlab olgan novvotim – 2008 yil, Ayol yaratgan dunyo – 2005 yil, Yarashmagan yalla – 2010 yil, Ko‘chamizning bolalari – 2010 yil, Nurli va nursiz osmon – 2011 yil va boshqalar.

Sa’dullaev Lutfulla

 

Lutfulla SA’DULLAEV, O‘zbekiston xalq artisti, 1940 yil 18 dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1965 yil Toshkent teatr va rassomchilik san’at institutini tugatgan. 1963 – 2007 yillarda Yosh tomoshabinlar, Abdulla Qahhor nomidagi Satira teatrlarida aktyor bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan. Hozirgi kunda Abdulla Qahhor nomidagi Satira teatrlarida ijod qilib kelmoqda. Faoliyati davomida 200 ga yaqin spektakllarda bir-biridan esdaqolarli rollar ijro etadi. Kino va videofilmlar, televizion miniatyuralar dasturida ijro etgan rollari esa 500 dan ortiqdir. 1968 yilda hamkasbi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulchehra Sa’dullaeva bilan turmush qurgan aktyor – bugun 3 farzandning otasi, 7 nabiraning sevimli buvasi. Lutfulla Sa’dullaev uzoq yillik ijodiy faoliyatida davomida o‘z hayoti va ijodidan hikoya qiluvchi, ustozlari, marhum hamkasblari haqidagi xotiralari jamlangan “Qismat”, “O‘kinch”, “Meni kechir...” nomli kitoblarini nashrdan chiqardi.

Sayyid Nasrullo

Tugildi:

20 faevral 1958 yil

 

Nasrullo Sayyid 1958-yil 20-fevralda Buxoro viloyatining Vobkent tumanidagi Burqut qishlog‘ida tug‘ilgan. U 1975-1980-yillari Samarqand Davlat Meʼmorchilik va Qurilish institutida taʼlim olgan. Uzoq yillar (1980-1993 yy) mobaynida u o‘z kasbi bo‘yicha ishladi, katta bir qurilish tashkiloti (PMK)ga rahbarlik qildi. Nasrullo Sayyid badiiy ijod va publitsistika bilan o‘tgan asrning 90-yillaridayoq shug‘ullana boshlagan. O‘sha davrdagi gazeta va jurnallarda uning dastlabki hikoya va maqolalari eʼlon qilina boshlagan edi. U ko‘proq siyosiy mavzularda, millatning Ozodligi va Erkinligi haqida qayg‘urib, ko‘proq xalq dardini qalamga olgan. U 2007-yildan beri Kanadaning Alberta provinsiyasi poytaxti Edmonton shahrida yashaydi. 2019-yilning aprel oyida Nasrullo Sayyidning ilk kitobi Istambul (Turkiya)da nashr qilindi. “Shubhali odamlar” nomli ushbu kitob ikki qissadan iboratdir. 2020-yilning yanvarida yana Istambulda uning “Millat qayg‘usi” nomli badiiy-publitsistik kitobi eʼlon qilindi. Turkiyaning Anqara universiteti doktoranti Abdrasul Isakov uning “Jajji guvoh” (UFACIK TANIK) nomli qissasini turk tiliga tarjima qildi.

Sayyid Sirojiddin

Tugildi:

30 oktyabr 1958 yil

 

O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid 1958 yilda 30 oktyabrda Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi Kundajuvoz qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq shoiri (2006), Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1979), “Toshkent oqshomi” (1980-89), O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” (1989-90; 1991-96) gazetalari va “Mushtum” jurnalida (1990-91) adabiy xodim, bo‘lim mudiri O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvida rais o‘rinbosari (2001-03), birinchi o‘rinbosari (2003) yildan), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi (2018) . Ilk she’rlar to‘plami – “Ruhim xaritasi”(1985). Shundan keyin uning “Salqin xarsanglar kaftida ” (1987), “Sevgi mamlakati” (1989), “Asragil”, Mehr qolur, muhabbat qolur” (1990), “Kuydim” (1994), “Vatanni o‘rganish” (1996)”Vatan abadiy) (2001), “So‘z yo‘li” Tanlangan asarlar. 2 jildli.(2008), “Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur...” (2011), “Bug‘doybo‘y Vatan” (2011), “Ochil, ey gul, ki bo‘ston vaqti bo‘ldi” (2014) boshqa to‘plamlari nashr etilgan. A. Voznesenskiyning “Mangu rizq” (1990) asarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Uning asarlari Rossiya, Ozarbayjon, Turkiya, Koreya, Tojikiston va Turkmanistonda chop etilgan. Sayyid she’riyatida o‘zbek mumtoz she’riyati an’analari bilan birga xalq og‘zaki ijodiga xos xususiyatlar – xalqchillik, soddalik, tilining shiraligi, Surxondaryo shevasiga xos leksik va musiqiy tovlanishlar etakchilik qiladi. Shuning uchun uning aksariyat she’rlari ashulaga aylangan. Ayni paytda Sirojiddin Sayyid o‘z ijodida o‘zbek she’riyatining so‘nngi badiiy yutuqlarini o‘zlashtirgan holda hozirgi voqelikda va kishilarning ruhiy olamida yuz berayotgan o‘zgarishlarni aks ettirmoqda. “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan.

Sayitqulov B.

 

Bastamqul Sayitqulov, 1944 yili Forish tumanining Narvon qishlog‘ida tug‘ilgan. Veterinariya fanlari nomzodi. 40 dan ziyod ilmiy ishlar, risola va hammualliflikdagi monografiyalar muallifi.