Сайтимиздаги электрон китобларни 3 усулда ўқиш мумкин: kitobxon мобиль android-иловаси орқали, kitobxon windows-дастури орқали ёки сайтда онлайн равишда
БатафсилКетма-кетлик бўйича тавсия: сайтда қандай рўйхатдан ўтиш, сайтдаги шахсий ҳисобни қандай тўлдириш мумкин, керак бўлган китоб учун қандай тўловни амалга ошириш
БатафсилҲурматли муаллифлар: Сайтимизда асарларингиз жойлаштирилишини (ёки сайтдан ўчирилишини) истасангиз биз билан шартнома тузиш учун боғланишингизни сўраймиз
БатафсилАгар мен Ўзбекистонда бўлмасам, қандай қилиб китоб сотиб олишим мумкин?
Нима учун PDF-форматини юклаб ололмайман?
Интернетсиз китобни қандай ўқиш мумкин?
ва бошқа саволларингизга бизнинг жавобларимиз
2013
Ўзбек (лот)
184
978-9943-08-969-3
Рейтинг |
Odamzodning bu dunyodagi yakkayu yagona, oliy vazifasi –O‘z Taqdirini ro‘yobga chiqarishga erishuvidir... Barcha odamlar yoshlik paytlarida o‘z taqdirlarini biladilar... Ammo fursat o‘tishi bilan sirli bir kuch ularni O‘z Taqdirlarini ro‘yobga chiqarish imkonsiz ekanligiga ishontira boradi.
Bu sirli qudrat inson zotiga g‘animday tuyuladi, aslida esa o‘z taqdirini qanday ro‘yobga chiqarish Yo‘lini xuddi ana shu qudrat ko‘rsatib beradi. U insonning ruhini va erkini o‘sha buyuk vazifaga tayyorlaydi. Bu kurrai zaminda oliy bir haqiqat mavjud: qachonki sen nimanidir astoydil istasang, albatta unga erishasan, chunki bunday istak Olamning Ruhida dunyoga kelgan bo‘ladi. Sen yer yuzida xuddi ana shuning uchun yaratilgansan. «Alkimyogar» romani zamiridagi ushbu hikmat o‘tmishda o‘tgan yoxud rivoyat qahramoni bo‘lgan kimningdir hayotigagina taalluqli emas, bu sizu biz uchun ham, bizdan keyingilar uchun ham o‘tilajak Yo‘ldir. Balki bugun bu kitobning dunyodagi 120 mamlakatda sevib o‘qilayotgani ham, Paulo Koeloning dunyoning eng mashhur yozuvchisiga aylangani ham bejiz emasdir. «Alkimyogar» haqida gapirganda Richard Baxning «Jonatan ismli chag‘alay», «Tasavvurlar» yoki Ekzyuperining «Kichik shahzoda» singari ertak-rivoyatlarini eslamaslikning sira ham iloji yo‘q. Ammo «Alkimyogar» ularning hech biriga o‘xshamaydi.