Сайтимиздаги электрон китобларни 3 усулда ўқиш мумкин: kitobxon мобиль android-иловаси орқали, kitobxon windows-дастури орқали ёки сайтда онлайн равишда
БатафсилКетма-кетлик бўйича тавсия: сайтда қандай рўйхатдан ўтиш, сайтдаги шахсий ҳисобни қандай тўлдириш мумкин, керак бўлган китоб учун қандай тўловни амалга ошириш
БатафсилҲурматли муаллифлар: Сайтимизда асарларингиз жойлаштирилишини (ёки сайтдан ўчирилишини) истасангиз биз билан шартнома тузиш учун боғланишингизни сўраймиз
БатафсилАгар мен Ўзбекистонда бўлмасам, қандай қилиб китоб сотиб олишим мумкин?
Нима учун PDF-форматини юклаб ололмайман?
Интернетсиз китобни қандай ўқиш мумкин?
ва бошқа саволларингизга бизнинг жавобларимиз
2016
Ўзбек (лот)
208
978-9943-27-700-7
Мавжуд эмас
Рейтинг |
Onore de Balzak asarlari Yevropa adabiyotining gultoji sanaladi. Gobsek, Deplen, Gorio Ota, Lui Lamber – ularning hech biri bir-birini takrorlamaydi, ular qalbidagi mushtarak maqsad, ichki ziddiyatlar, orzular, boringki, adabiyotning insoniyatga ko‘rsatadigan xizmati nuqtayi nazaridan bir-biriga juda yaqin. Mana shu ishki kechinmalarni yurakdan his etgan Balzak o‘z asarlaridan birida shunday yozadi: «Kishi haqida hukm chiqarishdan oldin loaqal uning fikr-asrori, uning baxtsizligi, uning hayajoniga sherik bo‘lish kerak». Qadrli kitobxon! Agar Balzak qahramonlarining ichki kechinmalarini tushunmoqchi bo‘lsangiz, albatta, ushbu asar mutolaasiga shoshiling.
GOBSЕK
(Qissa)
Kunlardan bir kun 1829–1830-yil qishda vikontessa de Granle mehmonхonasida unga yetti yot begona ikki mehmon soat kechasi birgacha qolib ketdi. Mehmonlardan biri chiroyli, navqiron yigit kamin ustidagi soat bong urganini eshitib, shosha-pisha хayr-хo‘shlashdi. Hovlida foytunning g‘ildiraklari taqirlaganda, vikontessa piket 1 o‘yinini tugatayotgan ukasiyu oila do‘sti qolganini ko‘rgach, qizining yoniga keldi: qizi kamin oldida turar va o‘zini kamin panjarasidagi naqshlarni berilib tomosha qilayotganga solar, biroq aslida uzoqlashib borayotgan foytunning ovoziga quloq tutardi. Bu hol onaning gumonini tasdiqladi. – Kamilla, agar sen bundan keyin ham graf de Resto bilan bugun kechqurundagi kabi muo mala qilsang, men uydan uning qadamini uzib yuboraman. Menga quloq sol, qizim, agar mening samimiy mehr-muhabbatimga ishonsang, hayotda senga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishimga ijozat et. Qiz bola o‘n yetti yasharligida na o‘tmishni, na kelajakni va na jamiyatning ba’zi talablarini idrok eta oladi.