Insonning bu dunyoga kelib ketishida qanday ma’no bor? Umuman, Odamzod umrining
mohiyati nima? Jahonning buyuk mutafakkirlari, mashhur faylasuflari hamisha ana shu savollar ustida bosh qotirganlar. Buyuk adib Lev
Tolstoy o‘zining “Iqrornoma” asarida inson umrining mazmuni haqida bosh qotirar ekan, uning hayotida e’tiqod, dinning o‘rni va roli
haqidagi teran mushohadalarini o‘rtaga tashlaydi, ulkan daholarni qiynagan ma’naviy muammolarga javob izlaydi. Asar Lev Tolstoy hayoti
va dunyoqarashining yangi qirralarini aks ettirganligi bilan muhim va qadirlidir. Zabardast adabiyotshunos olimimiz Ozod Sharafiddinov
tarjimasidagi ushbu asar kitobxonga ko‘p ma’lumot beradi. Shuningdek, kitobda mashhur rus adibining Uilyam Shekspir ijodiga nisbatan
tanqidiy qarashlari, Shuningdek, Tolstoyga nima sababdan “Nobel” mukofoti berilmaganligi, uning vasiyati haqida ham o‘qiysiz.