Сайтимиздаги электрон китобларни 3 усулда ўқиш мумкин: kitobxon мобиль android-иловаси орқали, kitobxon windows-дастури орқали ёки сайтда онлайн равишда
БатафсилКетма-кетлик бўйича тавсия: сайтда қандай рўйхатдан ўтиш, сайтдаги шахсий ҳисобни қандай тўлдириш мумкин, керак бўлган китоб учун қандай тўловни амалга ошириш
БатафсилҲурматли муаллифлар: Сайтимизда асарларингиз жойлаштирилишини (ёки сайтдан ўчирилишини) истасангиз биз билан шартнома тузиш учун боғланишингизни сўраймиз
БатафсилАгар мен Ўзбекистонда бўлмасам, қандай қилиб китоб сотиб олишим мумкин?
Нима учун PDF-форматини юклаб ололмайман?
Интернетсиз китобни қандай ўқиш мумкин?
ва бошқа саволларингизга бизнинг жавобларимиз
2008
Ўзбек (лот)
112
978-9943-330-15-3
9200 сўм
Рейтинг |
O‘ZBEK MUMTOZ MUSIQASI VA UNING XUSUSIYATLARI
O‘zbek xalqining musiqa madaniyati ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lib, u ko‘pchilik sozanda va xonandalar avlodining faoliyatida qaror topgan an’anaviy musiqa san’ati ekanligi haqida guvohlik beradi. An’anaviy musiqa — bu badiiy jarayon bo‘lib, unga xalq tomonidan yaratilgan, asrlar osha bizgacha yetib kelgan xalq musiqa ijodi yoki musiqa folklori va yetuk sozanda-bastakorlar tomonidan ijod etilgan mumtoz musiqasi kiradi. Bu ijodiyot namunalari og‘zaki an’anada saqlanib, sayqal topib, barkamol musiqa asari sifatida rivojlanib kelmoqda.
O‘zbek mumtoz musiqasi o‘tmishdan o‘zining teran ma’noga ega ekanligi, murakkabu mukammalligi va beqiyos an’analarni o‘zida mujassam etganligi bilan o‘zga xalqlar musiqasidan ajralib turadi. Ushbu musiqa ijodiyotida xalqimizning o‘tmish an’analari, boy va teran ma’nolarga asoslangan tarixi muhrlangan. Ularning har bir namunasi tarixdan bir sadodir. Binobarin, ularni qanchalik o‘rganmaylik, qanchalik sirlaridan voqif bo‘lmaylik, shunchalik yangi qirralari ochilib, o‘zining benazir xususiyatlarini namoyon etadi. Shu nuqtai nazardan o‘zbek mumtoz musiqasini o‘rganish, ularda mujassam etilgan falsafiy g‘oyalarni anglash, tarix sadolarini uqib olish, ularning siru sinoatlarini idrok etish uchun bugungi kunda imkoniyatlar yetarli…