Китоб қандай ўқилади?

Сайтимиздаги электрон китобларни 3 усулда ўқиш мумкин: kitobxon мобиль android-иловаси орқали, kitobxon windows-дастури орқали ёки сайтда онлайн равишда

Батафсил

Китобни қандай сотиб олиш мумкин?

Кетма-кетлик бўйича тавсия: сайтда қандай рўйхатдан ўтиш, сайтдаги шахсий ҳисобни қандай тўлдириш мумкин, керак бўлган китоб учун қандай тўловни амалга ошириш

Батафсил

Сиз муаллифмисиз?

Ҳурматли муаллифлар: Сайтимизда асарларингиз жойлаштирилишини (ёки сайтдан ўчирилишини) истасангиз биз билан шартнома тузиш учун боғланишингизни сўраймиз

Батафсил

Савол-жавоблар

Агар мен Ўзбекистонда бўлмасам, қандай қилиб китоб сотиб олишим мумкин?
Нима учун PDF-форматини юклаб ололмайман?
Интернетсиз китобни қандай ўқиш мумкин?
ва бошқа саволларингизга бизнинг жавобларимиз

Батафсил

Шамол ортидан югуриб

Шамол ортидан югуриб
Кўрганлар, жами:

39252

Таржимон:

Рустам Жабборов

Нашр йили:

2016

Тили:

Ўзбек (кир)

Бетлар:

208

ISBN рақами:

978-9943-27-758-8

Китоб маҳсулотларининг характеристикалари, етказиб бериш шартлари, ташқи кўриниши ва ранги ҳақидаги маълумотлар фақат маълумот учун мўлжалланган ва жойлаштирилган пайтда мавжуд бўлган энг сўнгги маълумотларга асосланади.
Парчани ўқинг
Электрон китоб:

Мавжуд эмас

Қоғозли китоб

19900 сўм

Сотувчи - KITOBXON
Дўкон тел.: +998 90 959-25-26
Қоғозли китоб

20700 сўм

Сотувчи - Янги аср авлоди (М)
Дўкон тел.: +998909592526

Рейтинг

  • Аннотация
  • Китобдан парча
  • Фикр ва мулоҳазалар
Holid Husayniy 1965 yilda Kobulda afg‘on diplomati oilasida tug‘ilgan. 1980 yilda uning oilasi AQShga ko‘chadi. Shu erda u tibbiyot fakultetiga o‘qishga kiradi. Uning ilk romani «Shamol ortidan yugurib» AQShda yangi asrning bestseller asariga aylanadi. Mazkur asar dunyoning qirqdan ortiq tillarida 10 million nusxada nashr qilingan. Bu kitob asosida Gollivud kinoijodkorlari film ham suratga olishgan.
Bundan 26 yil muqaddam qish kunlari yuz bergan o‘sha mash’um hodisa meni tamoman bosh­qa odamga aylantirdi. Ba’zan o‘tmishni eslarkanman, ichimni alamli iztirob tilkalay bosh­laydi. Bu yil yoz kunlarining birida Pokistondan eski qadrdonim, otamning do‘sti Rahimxon qo‘ng‘iroq qilib, tez etib borishim lozimligini aytdi. Oshxonada turgancha telefonni qulog‘imga bosib, uning tahlikali ovozini ting­larkanman, bu shunchaki taklif emasligini ang­ladim. Beixtiyor xayol meni o‘tmishga chorladi, kechirilmas gunohlarim haqidagi eski xotiralar ko‘z oldimda jonlandi. Suhbatni tugatib, sayrga otlandim. Yo‘lim Sprekels ko‘li bo‘ylab, «Oltin darvoza» xiyobonining shimoliy chegaralaridan o‘tardi. Qiyomga kelgan quyosh nurlari ko‘l sathida jilvalanar, suv yuzida o‘yinchoq kemachalar elkanlarini shishirib suzib yurardi.Odamlar, daraxtlar, shamol tegirmonlari... bari­barini pastda qoldirgancha varraklar San­Fransisko osmoni uzra bearmon uchardi. Shu onda qulog‘imga Hasanning so‘zlari chalingandek bo‘ldi: «Sen uchun ming martalab...» Varraklarni jonidan ortiq ko‘radigan, ular qo‘nadigan joyni aniq chamalab, hammadan oldin o‘sha joyga borib turadigan, tirtiq labli bolakayning bu so‘zlari miyamda qayta­qayta aks sado berardi. Men majnuntol tagidagi o‘rindiqqa cho‘karkanman, Rahimxonning telefonda aytgan so‘ng­gi so‘zlarini esladim: «o‘tmishdagi xatolaring­ni tuzatishing, nomingni oqlab olishing uchun qulay fursat tug‘ildi». Men osmondagi varraklarga qarab, Hasan haqida, Bobo haqida, Ali haqida o‘ylardim, Kobulni xotirlardim, 1975 yilning qish kunlariga qadar bo‘lgan hayotimni bir qur ko‘z oldimga keltirdim. Ana shu qish meni o‘zgartirdi, o‘sha qish meni butunlay boshqa odamga aylantirdi.
Комментарий қўшиш
Фикр ва мулоҳаза билдирилмади. Биринчи бўлинг!