Китоб қандай ўқилади?

Сайтимиздаги электрон китобларни 3 усулда ўқиш мумкин: kitobxon мобиль android-иловаси орқали, kitobxon windows-дастури орқали ёки сайтда онлайн равишда

Батафсил

Китобни қандай сотиб олиш мумкин?

Кетма-кетлик бўйича тавсия: сайтда қандай рўйхатдан ўтиш, сайтдаги шахсий ҳисобни қандай тўлдириш мумкин, керак бўлган китоб учун қандай тўловни амалга ошириш

Батафсил

Сиз муаллифмисиз?

Ҳурматли муаллифлар: Сайтимизда асарларингиз жойлаштирилишини (ёки сайтдан ўчирилишини) истасангиз биз билан шартнома тузиш учун боғланишингизни сўраймиз

Батафсил

Савол-жавоблар

Агар мен Ўзбекистонда бўлмасам, қандай қилиб китоб сотиб олишим мумкин?
Нима учун PDF-форматини юклаб ололмайман?
Интернетсиз китобни қандай ўқиш мумкин?
ва бошқа саволларингизга бизнинг жавобларимиз

Батафсил

Қалтис хато

Қалтис хато
Кўрганлар, жами:

9831

Нашр йили:

2016

Тили:

Ўзбек (кир)

Бетлар:

272

ISBN рақами:

978-9943-27-685-7

Китоб маҳсулотларининг характеристикалари, етказиб бериш шартлари, ташқи кўриниши ва ранги ҳақидаги маълумотлар фақат маълумот учун мўлжалланган ва жойлаштирилган пайтда мавжуд бўлган энг сўнгги маълумотларга асосланади.
Парчани ўқинг
Электрон китоб
Эътибор беринг "Сотиб олинган китоблар қандай ўқилади?" бўлими билан танишиб чиқинг!

9800 сўм

Сотиб олиш

Рейтинг

  • Аннотация
  • Мундарижа
  • Китобдан парча
  • Фикр ва мулоҳазалар

Asosan voqeiy hikoyalardan tashkil topgan mazkur to‘plam ijodkorning ko‘p yillik ijodi samarasidir. Hayot sinovlari, inson irodasi, shukr va noshukrlik, tuyg‘ular va aql tarozisi, odamiylik fazilatlari haqidagi hikoyalar bilan adiba o‘quvchilar mehrini qozonadi, degan umiddamiz.

  1. Hiyonatning mudhish jazosi
  2. Dunyolarga bergusiz mehr
  3. Irodasizlik qurboni yoxud giyohvandlikning ayanchli oqibatlari
  4. Qaltis xato
  5. Qarzga to‘langan farzand
  6. Qiz tug‘ilsin har xonadonda
  7. Qismatga qarshi isyonKuyov kelinsiz qaytdi
  8. Nafrat
  9. Noshukrlik jazosi
  10. Sabrda sayqallangan baxt
  11. Sabr mevasiSergak nabira
  12. Tangri asrayman desa
  13. Tarozili dunyo
  14. O‘z yurtingdan qo‘ymasin
  15. Farzandlarim, meni kechiring
  16. Farzandlik burchi
  17. Hayotning achchiq sinovi
  18. Hiyonatning azobi og‘ir
  19. Elingga begona bo‘lma
  20. Yangi yilning noyob tuhfasi
  21. BUVIMDAN QOLGAN HIKOYaLAR
  22. Ko‘klam bilan kelgan baxt
  23. Moziyni titratgan mudhish kunlar
  24. Oqibat
  25. Armon iztirobi
  26. Oqibatning ulug‘ qadri
  27. Tilla shohonak
  28. O‘gay qaldirg‘och
  29. Olmos kampir
  30. Umr
  31. Meros
  32. Sinoatli dunyo sinovlari
  33. O‘tgan kunlar armoni
  34. Har daqiqaga ming shukrona
  35. Yurakka ko‘milgan muhabbat
  36. Buni muhabbat deydilar
  37. Iltijolar ijobati
  38. Ona mehri

QARZGA TO‘LANGAN FARZAND
Bugun er-xotinning orasidan yana olamushuk o‘tdi. Ammo bu safargi janjal yigirma yillik ro‘zg‘orning barbod bo‘lishi-yu, bo‘yga etib qolgan to‘rt nafar farzandning tirik etimga aylanishi bilan yakun topdi. Bunga sabab, oila bekasi bo‘lmish Zahroning eriga qo‘ygan qat’iy talabi bo‘ldi.Oila boshlig‘i Abdusamad aka quruvchi usta. Ishdan bo‘sh paytlari hovlisidagi erdan unumli foydalanishga harakat qiladi. Hotini Zahro esa bozorga chiqib, oldi-sotdi bilan shug‘ullanadi. Bozorda yurib chet elga qatnaydigan tanishlarining biznesdagi omadini ko‘rgan ayol erini ham shu sohaga tortishga harakat qilib ko‘rdi. Ammo bundan naf chiqmagach, tanishlariga qo‘shilib o‘zi chet elga qatnashga qaror qildi. Biroq buning uchun kattagina sarmoya zarur, albatta. Shunday qilib, uning tili bilan aytganda, biznesda qop-qop pul topayotgan dugonalaridek bo‘lish vasvasasi risoladagidek oilaga janjal olib keldi. – Menga pul topib berasizmi, yo‘qmi? – Bozorga jo‘nash uchun shoshilib kiyinayotgan Zahro so‘radi eridan qat’iylik bilan. – Yana tong sahardan diydiyongni boshladingmi? – yotgan joyidan turib «uh» tortdi Abdusamad aka. – Sen aytgan pulni topish uchun boyvachcha aka-ukalarim bo‘lmasa. Hammalari biz qatori tirikchilik o‘tkazayotgan oila. O‘zim oddiy quruvchi usta bo‘lsam. Ayt, qaerdan topay o‘shancha pulni? – Mahalladagi puldor kazo-kazolarni juda yaxshi bilasiz. Ana o‘shalardan bir oy muddatga olib bering. – Sen aytgan o‘sha kazo-kazolar o‘z tengi bilan muomala qiladi. Pulining o‘rniga asos qilib ko‘rsatib turgani engil mashinam, dang‘illama uyim yo‘q mening. Bergan taqdirda ham xudo ko‘rsatmasin, bozoring yurishmay, qarz bo‘lib qolsak bormi, shuncha pulni men yuz yilda ham to‘lay olmayman. Kel, yaxshisi chet elga qatnash haqidagi xomxayollaringni yig‘ishtir. Shu tirikchiligimiz ham yomon o‘tayotgani yo‘q.

Комментарий қўшиш
Фикр ва мулоҳаза билдирилмади. Биринчи бўлинг!


Шу китобни қуйидаги ном билан ҳам излашмоқда:

Калтис хато