Сайтимиздаги электрон китобларни 3 усулда ўқиш мумкин: kitobxon мобиль android-иловаси орқали, kitobxon windows-дастури орқали ёки сайтда онлайн равишда
БатафсилКетма-кетлик бўйича тавсия: сайтда қандай рўйхатдан ўтиш, сайтдаги шахсий ҳисобни қандай тўлдириш мумкин, керак бўлган китоб учун қандай тўловни амалга ошириш
БатафсилҲурматли муаллифлар: Сайтимизда асарларингиз жойлаштирилишини (ёки сайтдан ўчирилишини) истасангиз биз билан шартнома тузиш учун боғланишингизни сўраймиз
БатафсилАгар мен Ўзбекистонда бўлмасам, қандай қилиб китоб сотиб олишим мумкин?
Нима учун PDF-форматини юклаб ололмайман?
Интернетсиз китобни қандай ўқиш мумкин?
ва бошқа саволларингизга бизнинг жавобларимиз
2017
Ўзбек (лот)
400
978-9943-20-235-1
Мавжуд эмас
Рейтинг |
O‘tmishdan ertaklar – o‘zbek adabiyotining zabardast vakili bolgan Abdulla Qahhor ijodiy merosida muhim o‘rin tutadi. Bu asar nafaqat yozuvchining bolaligidan hikoya qiladi, balki otgan asr boshlarida millat bolalarining mashaqqatli hayoti xususida so‘z yuritadi. Nafaqat bolalar, katta avlodning savodsizligi, davr fojialari jonli va ochiq-oydin tasvirlanadi.
To‘plamning ikkinchi qismi bolgan hikoyalar ham o‘zbek adabiyotining ma’naviy boyligidir. Yozuvchining ilk hikoyalar toplami 1932-yilda chop etilgan. Bugungacha bolgan davr mobaynida o‘zbek adabiyotida, jumladan, hikoyanavislikda juda kop asarlar yaratildi. Sara hikoyalar, deya e’tirof etilgan bir qancha ijod namunalari o‘quvchilar hukmiga havola etildi. Ammo Abdulla Qahhor hikoyalari yillar chiglrig‘ini pisand etmay, hamon sevib o‘qiladi.
Adib qahramonlari o‘quvchi uchun qadrdon va ardoqli. Mutolaadan keyingi tanaffusda Unsin uchun qayg‘uramiz, Turobjonning xotiniga anor ilinamiz, Qobil boboga taskin bergimiz keladi, ming bir jonli Mastura va uning vafodor eri Akromjonga havas qilamiz. Sodda va kamtar insonlar sizni suhbatga chorlaydi. Beixtiyor yana mutolaaga otirasiz.
Abdulla Qahhor asarlarida ana shunday ohanrabo bor...