Сайтимиздаги электрон китобларни 3 усулда ўқиш мумкин: kitobxon мобиль android-иловаси орқали, kitobxon windows-дастури орқали ёки сайтда онлайн равишда
БатафсилКетма-кетлик бўйича тавсия: сайтда қандай рўйхатдан ўтиш, сайтдаги шахсий ҳисобни қандай тўлдириш мумкин, керак бўлган китоб учун қандай тўловни амалга ошириш
БатафсилҲурматли муаллифлар: Сайтимизда асарларингиз жойлаштирилишини (ёки сайтдан ўчирилишини) истасангиз биз билан шартнома тузиш учун боғланишингизни сўраймиз
БатафсилАгар мен Ўзбекистонда бўлмасам, қандай қилиб китоб сотиб олишим мумкин?
Нима учун PDF-форматини юклаб ололмайман?
Интернетсиз китобни қандай ўқиш мумкин?
ва бошқа саволларингизга бизнинг жавобларимиз
2016
Ўзбек (кир)
272
978-9943-27-685-7
9800 сўм
Рейтинг |
Asosan voqeiy hikoyalardan tashkil topgan mazkur to‘plam ijodkorning ko‘p yillik ijodi samarasidir. Hayot sinovlari, inson irodasi, shukr va noshukrlik, tuyg‘ular va aql tarozisi, odamiylik fazilatlari haqidagi hikoyalar bilan adiba o‘quvchilar mehrini qozonadi, degan umiddamiz.
QARZGA TO‘LANGAN FARZAND
Bugun er-xotinning orasidan yana olamushuk o‘tdi. Ammo bu safargi janjal yigirma yillik ro‘zg‘orning barbod bo‘lishi-yu, bo‘yga etib qolgan to‘rt nafar farzandning tirik etimga aylanishi bilan yakun topdi. Bunga sabab, oila bekasi bo‘lmish Zahroning eriga qo‘ygan qat’iy talabi bo‘ldi.Oila boshlig‘i Abdusamad aka quruvchi usta. Ishdan bo‘sh paytlari hovlisidagi erdan unumli foydalanishga harakat qiladi. Hotini Zahro esa bozorga chiqib, oldi-sotdi bilan shug‘ullanadi. Bozorda yurib chet elga qatnaydigan tanishlarining biznesdagi omadini ko‘rgan ayol erini ham shu sohaga tortishga harakat qilib ko‘rdi. Ammo bundan naf chiqmagach, tanishlariga qo‘shilib o‘zi chet elga qatnashga qaror qildi. Biroq buning uchun kattagina sarmoya zarur, albatta. Shunday qilib, uning tili bilan aytganda, biznesda qop-qop pul topayotgan dugonalaridek bo‘lish vasvasasi risoladagidek oilaga janjal olib keldi. – Menga pul topib berasizmi, yo‘qmi? – Bozorga jo‘nash uchun shoshilib kiyinayotgan Zahro so‘radi eridan qat’iylik bilan. – Yana tong sahardan diydiyongni boshladingmi? – yotgan joyidan turib «uh» tortdi Abdusamad aka. – Sen aytgan pulni topish uchun boyvachcha aka-ukalarim bo‘lmasa. Hammalari biz qatori tirikchilik o‘tkazayotgan oila. O‘zim oddiy quruvchi usta bo‘lsam. Ayt, qaerdan topay o‘shancha pulni? – Mahalladagi puldor kazo-kazolarni juda yaxshi bilasiz. Ana o‘shalardan bir oy muddatga olib bering. – Sen aytgan o‘sha kazo-kazolar o‘z tengi bilan muomala qiladi. Pulining o‘rniga asos qilib ko‘rsatib turgani engil mashinam, dang‘illama uyim yo‘q mening. Bergan taqdirda ham xudo ko‘rsatmasin, bozoring yurishmay, qarz bo‘lib qolsak bormi, shuncha pulni men yuz yilda ham to‘lay olmayman. Kel, yaxshisi chet elga qatnash haqidagi xomxayollaringni yig‘ishtir. Shu tirikchiligimiz ham yomon o‘tayotgani yo‘q.