Сайтимиздан нафақат электрон, балки қоғозли китобларга ҳам буюртма беришингиз мумкин.
Буюртмангиз Ўзбекистон почтаси орқали манзилингизга етказилади. Дўкон телефони: +99871 227-12-39


Жаҳолат асираси

Жаҳолат асираси
Кўрганлар, жами:

6178

Жанр/бўлим:

Бадиий адабиёт

Нашр йили:

2016

Тили:

Ўзбек (кир)

Бетлар:

256

ISBN рақами:

978-9943-27-776-2

Ўзбекистонда эмасмисиз? Унда, китобга тўлов қилиш учун Kitob.Ruга ўтинг!
Электрон китоб (1,8Mb) :

3200 сўм

Сотиб олиш

Рейтинг

  • Аннотация
  • Китобдан парча
  • Фикр ва мулоҳазалар

Taqdir, aslida xudo tomonidan buyurilgan in’om. Va Alloh taolo bizni aql bilan ham siylaganki, nima yaxshi-yu nima yomon, nima to‘g‘ri-yu, nima noto‘g‘ri, biz borayotgan manzil nurafshonmi yoki zulmatmi – ularni bir-biridan farqlash va munosib hayot yo‘lini tanlashimizni o‘zimizga qo‘yib bergan. Boshqalarning istagiga ko‘ra yashash, boshqalarning yo‘rig‘i bilan yashash, alaloqibatda esa halokat bilan yakun topadigan umrni taqdirning hukmi sifatida baholash noto‘g‘ri. Inson qalbida nish urgan orzu-umidlar, yorqin kelajakka ishonch, baxtli hayot kabilarning faqat xayolda qolib ketmasligi, sarobga aylanmasligi taqdirga qanchalik bog‘liq bo‘lsa, insonning irodasi, matonati, tarbiyasi, uni kamolga etkazgan oilaviy muhitga ham shunchalik bog‘liqdir. E’tiboringizga havola etilayotgan kitob qahramoni – Mahzuna ham orzulari osmon qadar buyuk, qalbi mehrga limmo-lim, ayni paytda baxtga tashna qiz edi. Ismi taqdirini ham mahzun qilib qo‘ygan qiz boshidan kechirgan behisob azob va ko‘rgiliklar, ona Vatan sog‘inchi - bir ayol umrini, begona yurtda baxt izlagan, alaloqibatda baxtsizlikka duchor bo‘lgan bir ayol orzularini chilparchin qilib yubordi...

JAHOLAT ASIRASINING IQRORI
Odatiy ish kunlaridan biri. Hamxona ayollar tushlikka tushib ketishgan, men esa, gazetaning navbatdagi soni uchun mo‘ljallangan maqolani tugatolmay xunobim oshib, klaviaturani asabiy shaqirlatib o‘tirardim. Huddi shu paytda ish telefonining jiringlashi yanada g‘ashimni keltirdi. Honada ayollar bo‘lganida-ku umuman telefonni ko‘tarmasdim. Chunki, gazetamizning muxlislari asosan ayollar bo‘lgani sababli qo‘ng‘iroqlar ham bevosita ularni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha bo‘ladi. Kimdir eridan nolib dardini dasturxon qiladi, boshqa birovi qaynonasining zulmidan dod soladi... Hafsalasizlik bilan go‘shakni oldim. Kutganimdek ayol kishining ovozi. Salomiga alik oldim va shoshilib turganimni bildirish uchun qisqa va rasmiy ohangda «gapiring, eshitaman», dedim. – Men... haligi o‘z boshimdan kechirgan voqealarni gazetangizda chiqarmoqchi edim, – ayol kishining so‘nik so‘lg‘in ovozini eshitib, engil xo‘rsindim. Ana, aytmadimmi. Boshlandi. Odatda bunday hikoyatlar «men ota-onamning erka qizi edim. Eganim oldimda, emaganim ortimda edi, erga tegdim-u hayotim batamom o‘zgarib ketdi», qabilidagi gap-so‘zlar bilan boshlanadi. – Singlim, bilasizmi, mushtariylarning dardlarini eshitib yozib oladigan xodimamiz bugun ishga chiqmadi. Ayollarni qiziqtiradigan masalalar bo‘yicha tushdan keyin telefon qiling. Ming bor uzr, hozir sizning hikoyangizni eshita olmayman. Shoshilib... – Men ham sizning vaqtingizni olmoqchi emasman. Bu gaplarni aytib ham bo‘lmaydi. Hammasini bitta daftarga qo‘limdan kelganicha yozib chiqdim. Iltimos, shuni chop etsangizlar... Bunaqa holatlarga ham duch kelganman. Yarim yilcha avval bir kelinchak o‘z kechmishlari bitilgan uchta qalin umumiy daftarni tahririyatga keltirib bergan, bosh muharrirning topshirig‘i bilan bu daftarlardagi hasratni gazetabop usulda qayta yozib, «Quvilgan kelinning iztiroblari» degan sarlavha ostida chop ettirgandim. Kutilmaganda bu «serial» o‘quvchilarda juda katta qiziqish uyg‘otdi. Tirajimiz ham etti-sakkiz ming ga ko‘tarildi. Ammo hammasidan yomoni keyin bo‘ldi. Haligi kelinning eri, qaynona-qaynotasi «bizni butun qishloqqa sharmanda qildilaring» deya tahririyatga to‘polon ko‘tarib keldi. Yaxshiyamki, voqea joyi va qahramonlarning haqiqiy ism-sharifini oshkor etmaganimiz. Aks holda ular bizni sudga berishga ham tayyor edilar. Qonun biz tarafda ekanini tushunib, nochor izlariga qaytishdi. Ammo ortiqcha gap so‘zlar, asabbuzarlik kimga ham yoqadi deysiz. O‘shandan keyin bunaqa «hasratnoma»larni qog‘ozga tushirishdan tavba qilgandim.

Комментарий қўшиш
Фикр ва мулоҳаза билдирилмади. Биринчи бўлинг!


Шу китобни қуйидаги ном билан ҳам излашмоқда:

Жахолат асираси