Сайтимиздаги электрон китобларни 3 усулда ўқиш мумкин: kitobxon мобиль android-иловаси орқали, kitobxon windows-дастури орқали ёки сайтда онлайн равишда
БатафсилКетма-кетлик бўйича тавсия: сайтда қандай рўйхатдан ўтиш, сайтдаги шахсий ҳисобни қандай тўлдириш мумкин, керак бўлган китоб учун қандай тўловни амалга ошириш
БатафсилҲурматли муаллифлар: Сайтимизда асарларингиз жойлаштирилишини (ёки сайтдан ўчирилишини) истасангиз биз билан шартнома тузиш учун боғланишингизни сўраймиз
БатафсилАгар мен Ўзбекистонда бўлмасам, қандай қилиб китоб сотиб олишим мумкин?
Нима учун PDF-форматини юклаб ололмайман?
Интернетсиз китобни қандай ўқиш мумкин?
ва бошқа саволларингизга бизнинг жавобларимиз
2016
Ўзбек (кир)
720
978-9943-4656-1-9
Мавжуд эмас
Маълумот учун: (90) 959-25-26 (0900 - 1900)
Рейтинг |
Boylik – nafsni semirtiradigan shirinlik, eysan – to‘ymaysan… Faqat boylik uchun tashlangan qadamlar avvaliga o‘ta shiddatli bo‘ladi, katta samara berayotganga o‘xshaydi, ammo oxiri telbalikka olib boradi. Afsuski, boylikni hayot – mamot deb, bir umr uni deb yashaganlar fojiani tushunib etmaydilar. Boylikka mukkasidan ketish hayot ma’nosini, Alloh zimmaga yuklagan vazifalarni unutish va o‘ziga ikki dunyo azobini tayyorlayotganga o‘xshaydi... Tog‘da dam olish Hosiyatning rejasi edi. Asl maqsadini Halima keyin tushundi... Ular juma kuni tongda – havo tanga yoqadigan lahzalarda yo‘lga tushishdi. – Issiq boshlanmay Tuman akanikiga etib olishimiz kerak! – shoshiltirardi Hosiyat. Tog‘ oldidagi oxirgi qishloqqa etishganda yo‘nalishdagi taksilar «U yog‘iga borolmaymiz» deb turib olishdi. – Hosi, – dedi Halima mashina topilavermagach, – tupkanning tagida dam olishimiz shartmi? Yaqindagi xususiy dam olish uyilaridan birida to‘xtasak bo‘laveradi-ku! – U erning tabiati boshqacha, borgandan keyin qaytging kelmay qoladi, – qiziqtiradi Hosiyat. Tushga yaqin bitta mard «Tikochi» manzilga tashlab qo‘ydi. Bir so‘mni o‘n marta o‘ylab sarf qiladigan Hosiyat tikochiga hotamlik qilganiga Halima hayron... – Tortishaversak kech kiradi. Erta bormasak bo‘lmaydi. Pul – topilaveradigan narsa...