"Ulug‘ bobokalonlarimizdan biri bo‘lgan alloma Alixonto‘ra Sog‘uniy qalamlariga mansub nodir bir asardir. Muallif
“Turkiston qayg‘usi” (1966 - 1973) nomli bu asarida xalqimiz qanday qilib bosqinchilarga qaram bo‘lib qolgani va dinni, Vatanni,
millatni asrash kerakligi, mustaqillikni qo‘lga kiritish uchun nimalar qilmoq zarur ekanligi to‘g‘risida o‘sha mustabid sovet tuzumi
davrida etuk siyosiy arbob sifatida chuqur siyosiy-ijtimoiy mantiq asosida mukammal bayon etadi.
Shu bilan birga, bu asarda Markaziy
Osiyo xalqlarining eng qadimgi davrlardan to XIX asr oxirigacha bo‘lgan davr ichida qurgan davlatlari, Amir Temur haqida, turkiy
xalqlar etnografiyasiga oid qimmatli ma’lumatlar ham bor.
Kitobdan oliy o‘quv yurtlari talabalari va tarix bilan qiziquvchi keng
kitobxonlar ommasi foydalanishlari mumkin."