Сайтимиздаги электрон китобларни 3 усулда ўқиш мумкин: kitobxon мобиль android-иловаси орқали, kitobxon windows-дастури орқали ёки сайтда онлайн равишда
БатафсилКетма-кетлик бўйича тавсия: сайтда қандай рўйхатдан ўтиш, сайтдаги шахсий ҳисобни қандай тўлдириш мумкин, керак бўлган китоб учун қандай тўловни амалга ошириш
БатафсилҲурматли муаллифлар: Сайтимизда асарларингиз жойлаштирилишини (ёки сайтдан ўчирилишини) истасангиз биз билан шартнома тузиш учун боғланишингизни сўраймиз
БатафсилАгар мен Ўзбекистонда бўлмасам, қандай қилиб китоб сотиб олишим мумкин?
Нима учун PDF-форматини юклаб ололмайман?
Интернетсиз китобни қандай ўқиш мумкин?
ва бошқа саволларингизга бизнинг жавобларимиз
2016
Ўзбек (кир)
432
978-9943-27-721-2
10800 сўм
Рейтинг |
Чингиз Айтматов ҳаётининг охирги йилларида «Қулаётган тоғлар» «Мангу қайлиқ» деб аталган романини ёзди. Унда бозор иқтисодига ўтаётган, шиддат билан глобаллашув жараёнларига кириб бораётган ҳозирги дунёнинг маънавий-иқтисодий муаммоларини Қирғизистон, Марказий Осиё воқелиги, одамлар тақдири, турмуши, онгида рўй бераётган кескин, оғриқли ўзга- ришларга чамбарчас ҳолда ёритди. Табиат, жамият, инсон тавдирида юз бераётган ранг-баранг ҳодисаларни бутун фожиалари билан бирга яхлит тасвирлади. Асар буюк адиб ва донишманднинг авлодларга сўнгги васиятидай ўқилади. Зуллисонайн адиб бу романини рус тилида ёзди. У 2007 йилда Петербургда нашр этилди. Ўзбек тилига шу нашрдан таржима қилинди.
ҚУЛАЁТГАН ТОҒЛАР............................................................ 3
ЭПИЛОГ ЎРНИДА............................................................. 257
ЧИНГИЗХОННИНГ ОҚ БУЛУТИ (Қисса)............................... 286
ЭСКИ ВА ЯНГИ РИВОЯТ: ҚЎШИЛИШ................................... 406
ДУНЁНИ ЗАБТ ЭТГАН ЧИНГИЗ........................................... 409
– Hammaga va har qachon tegishli o‘zgarmas bir haqiqat mavjud. – Hech kimning qismat nimaligini, peshonasiga nima bitganini oldindan bilishga ixtiyori yo‘q, – kimga nima yozilganini faqat hayotning o‘zi ko‘rsatadi, yo‘q esa qismatning qismatligi qolarmi... Dunyo dunyo bo‘lib kelibdiki, jannatdan quvilmish Odam alayhissalomu Havvo Kibriyoulloh zamonlaridan buyon hamisha shunday bo‘lgan – axir bular ham taqdir-da, o‘shandan beri asrma-asr, kunma-kun, har soat va har soniyada hamma uchun va har bir kimsa uchun qismatning siri mangu jumboqqa aylanmish... Mana u yana shunday evrildi. Shunday. Bu safar ham yana o‘shanday: kim oldindan bilibdi deysiz, hech inson aqli bovar qilmaydigan, qolaversa, balkim, xudovandi karimning ham kori-boridan tashqari bir voqea sodir bo‘lmog‘ini. Aqldan xorijdagi narsaning tagiga etaman deb urinib, faqat bir narsani taxmin etish mumkindirki – u ham bo‘lsa, qissamiz qahramonlari bo‘lmish ikki hilqatning bir-birlari bilan allaqanday samoviy bog‘langanliklari, samoviy tutashganliklari, qaysidir ma’noda, yana o‘sha qazoyu qadarning amri-irodasi bilan bitta burjning yulduzlari ostida yorug‘ dunyoga kelganliklaridir. Nima deysiz, shunday bo‘lsa ham ajabmas... Yana ajabmaski, ular er yuzida bir-birlarining borliklaridan xabardor ham emasdilar. Zero, ularning birovi odamlar mindi-mindi bo‘lib ketgan, aholisining zichligidan tars yorilay deb turgan, ko‘chalari bozorga aylangan, kaboblarning hidlari ko‘kka o‘rlagan, qovoqxonalari tinimsiz shinavandalarni chorlagan serizdihom azim shaharda turar; ikkinchisi esa, cho‘qqilarini ko‘z ilg‘amas yuksak tog‘larda, vahshiy qoyalari o‘g‘raygan daralarda, quyuq qorong‘i archazorlar, olti oy muz-qori erimaydigan terskaylarda istiqomat qilardi. Shuning uchun uni qorli tog‘lar ilvirsi deb atashardi. Ilmda esa – baland zirvali tog‘lar haqida shunday bir ilm ham bor – uni yo‘lbarslar turkumiga, mushuksimonlar oilasiga mansub, qorli Tiyonshon yo‘lbarsi deb ataladi. U yashaydigan joylardagi aholi bu hayvonni «jaabars» (yoy o‘qiday bars) deb ataydi, bu uning tabiatiga ham juda mos – banogoh sakragan chog‘da rostdan ham xuddi yoy o‘qiday uchib boradi. Yana uni «Qor kechgan ilvirs» ham deyishadi. U doim ko‘ksi bilan qorlarga botib yuradi... Bu ham bor gap... O‘zga maxluqlar qor uyumlari ostida qolib ketishdan qo‘rqib, boshqa yo‘l qidirganda, u esa azamat Zo‘rabor – olg‘a tashlanadi...