Сайтимиздан нафақат электрон, балки қоғозли китобларга ҳам буюртма беришингиз мумкин.
Буюртмангиз Ўзбекистон почтаси орқали манзилингизга етказилади. Дўкон телефони: +99871 227-12-39


Қулаётган тоғлар

Қулаётган тоғлар
Кўрганлар, жами:

8784

Таржимон:

Иброҳим Ғафуров

Нашр йили:

2016

Тили:

Ўзбек (кир)

Бетлар:

432

ISBN рақами:

978-9943-27-721-2

Ўзбекистонда эмасмисиз? Унда, китобга тўлов қилиш учун Kitob.Ruга ўтинг!
Электрон китоб (2Mb) :

5000 сўм

Сотиб олиш

Рейтинг

  • Аннотация
  • Китобдан парча
  • Фикр ва мулоҳазалар
Chingiz Aytmatov hayotining oxirgi yillarida «Qulayotgan tog‘lar» «Mangu qayliq» deb atalgan romanini yozdi. Unda bozor iqtisodiga o‘tayotgan, shiddat bilan globallashuv jarayonlariga kirib borayotgan hozirgi dunyoning ma’naviy-iqtisodiy muam molarini Qirg‘iziston, Markaziy Osiyo voqeligi, odamlar taqdiri, turmushi, ongida ro‘y berayotgan keskin, og‘riqli o‘zgarishlarga chambarchas holda yoritdi. Tabiat, jamiyat, inson taqdirida yuz berayotgan rang-barang hodisalarni butun fojialari bilan birga yaxlit tasvirladi. Asar buyuk adib va donishmandning avlodlarga so‘nggi vasiyatiday o‘qiladi. Zullisonayn adib bu romanini rus tilida yozdi. U 2007 yilda Peterburgda nashr etildi. O‘zbek tiliga shu nashrdan tarjima qilindi.

– Hammaga va har qachon tegishli o‘zgarmas bir haqiqat mavjud. – Hech kimning qismat nimaligini, peshonasiga nima bitganini oldindan bilishga ixtiyori yo‘q, – kimga nima yozilganini faqat hayotning o‘zi ko‘rsatadi, yo‘q esa qismatning qismatligi qolarmi... Dunyo dunyo bo‘lib kelibdiki, jannatdan quvilmish Odam alayhissalomu Havvo Kibriyoulloh zamonlaridan buyon hamisha shunday bo‘lgan – axir bular ham taqdir-da, o‘shandan beri asrma-asr, kunma-kun, har soat va har soniyada hamma uchun va har bir kimsa uchun qismatning siri mangu jumboqqa aylanmish... Mana u yana shunday evrildi. Shunday. Bu safar ham yana o‘shanday: kim oldindan bilibdi deysiz, hech inson aqli bovar qilmaydigan, qolaversa, balkim, xudovandi karimning ham kori-boridan tashqari bir voqea sodir bo‘lmog‘ini. Aqldan xorijdagi narsaning tagiga etaman deb urinib, faqat bir narsani taxmin etish mumkindirki – u ham bo‘lsa, qissamiz qahramonlari bo‘lmish ikki hilqatning bir-birlari bilan allaqanday samoviy bog‘langanliklari, samoviy tutashganliklari, qaysidir ma’noda, yana o‘sha qazoyu qadarning amri-irodasi bilan bitta burjning yulduzlari ostida yorug‘ dunyoga kelganliklaridir. Nima deysiz, shunday bo‘lsa ham ajabmas... Yana ajabmaski, ular er yuzida bir-birlarining borliklaridan xabardor ham emasdilar. Zero, ularning birovi odamlar mindi-mindi bo‘lib ketgan, aholisining zichligidan tars yorilay deb turgan, ko‘chalari bozorga aylangan, kaboblarning hidlari ko‘kka o‘rlagan, qovoqxonalari tinimsiz shinavandalarni chorlagan serizdihom azim shaharda turar; ikkinchisi esa, cho‘qqilarini ko‘z ilg‘amas yuksak tog‘larda, vahshiy qoyalari o‘g‘raygan daralarda, quyuq qorong‘i archazorlar, olti oy muz-qori erimaydigan terskaylarda istiqomat qilardi. Shuning uchun uni qorli tog‘lar ilvirsi deb atashardi. Ilmda esa – baland zirvali tog‘lar haqida shunday bir ilm ham bor – uni yo‘lbarslar turkumiga, mushuksimonlar oilasiga mansub, qorli Tiyonshon yo‘lbarsi deb ataladi. U yashaydigan joylardagi aholi bu hayvonni «jaabars» (yoy o‘qiday bars) deb ataydi, bu uning tabiatiga ham juda mos – banogoh sakragan chog‘da rostdan ham xuddi yoy o‘qiday uchib boradi. Yana uni «Qor kechgan ilvirs» ham deyishadi. U doim ko‘ksi bilan qorlarga botib yuradi... Bu ham bor gap... O‘zga maxluqlar qor uyumlari ostida qolib ketishdan qo‘rqib, boshqa yo‘l qidirganda, u esa azamat Zo‘rabor – olg‘a tashlanadi...

Комментарий қўшиш
Фикр ва мулоҳаза билдирилмади. Биринчи бўлинг!


Шу китобни қуйидаги ном билан ҳам излашмоқда:

Кулаётган тоглар