Jannatga birinchi bo‘lib yaxshilik va yaxshilar kirar ekan. Bu ulug‘ orzuga saodat yo‘lidan yurganlargina musharraf bo‘ladi.
Navoiylik adiba Salima Umarovaning mazkur kitobida yaxshilikni o‘ziga – matlab maslak qilib olgan yurtdoshlari – shafqat ahli,
saxovatpesha kishilar hayoti yoniq yurak bilan qalamga olinadi. Shu bilan birga kasb ma’naviyati, bugun ko‘pchilikni o‘ylantirayotgan yoshlar
xatti-harakatidagi evrilishlar ro‘y-rost chiziladi, millat kelajagini asrash borasidagi kuyunchak fikr-mulohazalar o‘rtaga tashlanadi.
O‘ylaymizki, bu kitobxonni befarq qoldirmaydi, zalolatga qarshi ezgulik dunyosida hamkor, hamfikr bo‘lishga undaydi.