Сайтимиздаги электрон китобларни 3 усулда ўқиш мумкин: kitobxon мобиль android-иловаси орқали, kitobxon windows-дастури орқали ёки сайтда онлайн равишда
БатафсилКетма-кетлик бўйича тавсия: сайтда қандай рўйхатдан ўтиш, сайтдаги шахсий ҳисобни қандай тўлдириш мумкин, керак бўлган китоб учун қандай тўловни амалга ошириш
БатафсилҲурматли муаллифлар: Сайтимизда асарларингиз жойлаштирилишини (ёки сайтдан ўчирилишини) истасангиз биз билан шартнома тузиш учун боғланишингизни сўраймиз
БатафсилАгар мен Ўзбекистонда бўлмасам, қандай қилиб китоб сотиб олишим мумкин?
Нима учун PDF-форматини юклаб ололмайман?
Интернетсиз китобни қандай ўқиш мумкин?
ва бошқа саволларингизга бизнинг жавобларимиз
2017
Ўзбек (лот)
96
978-9943-27-994-0
Рейтинг |
O'zbekiston xalq shoiri, O'zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov ijodi o'zbek kitobxonlarini, ayniqsa, she'riyat ixlosmandlarini befarq qoldirmasligi aniq. Maktab darsliklari orqali katta-yu kichik she'rlari, qator dostonlarini o'qiymiz, yod olamiz. Tilining ravonligi, mavzusining dolzarb va qiziqarli ekanligi o'quvchini qayta-qayta mutolaaga chorlaydi.
Mazkur kitobga shoirning eng sara hajviy asarlarini to'pladik. "Donish qishloq hangomalari"dagi Matmusa obrazi orqali o'zbek adabiyotini yana bir yumoristik qahramon bilan boyitgan shoir o'quvchiga hazil orqali achchiq haqiqatlarni so'zlaydi. Sodda va go'l Matmusa goh dehqon, goh sotuvchi, yana bir o'rinda qo'shiqchi-yu, boshqa o'rinda amaldor qiyofasida gavdalanadi. Barchasida o'zining noshudligini fazilat deb ko'rsatadi. Shoir Matmusa obrazi orqali jamiyatda uchraydigan bu kabi holatlarni hajviy tasvirlar ekan, o'quvchini ogohlikka chorlaydi.