"Tariximizning qanchadan-qancha sahifalari bizga qorong‘i. O‘tmish sari yurmoqchi bo‘lganimizda va o‘sha sahifalar bilan tanishmoqni
orzu qilganimizda qattol manqurtlik jon-jahdi bilan yo‘limizni to‘sgani aziyat, xo‘rlik va g‘ofillik muhrini bosdi ma’naviyatimizga.
Qadimiy madaniyatimizning ne-ne durdonalaridan judo bo‘lganimiz-chi?
Qo‘lingizdagi asarga kirgan manbalar manqurtlik aqidalariga
muayyan zarba berajagi, sizni ajdodlarimizning mangu tirik xotirasiga oshno etajagiga aminmiz. Muarrix Bayoniy Horazmning olisda
qolgan hayoti haqida qimmatli ma’lumotlar, qiziqarli voqealar, rivoyatlarga suyanib fikr yuritadi, sizni muqaddas tarixiy haqiqatlarni
bilib olishga chorlaydi."